14:19 / 08.06.2020
10071

Yangi Zelandiya dunyoda birinchi bo‘lib barcha karantin cheklovlarini bekor qilmoqda

Yangi Zelandiya bosh vaziri mamlakatda yangi kasallanish holatlari qayd etilishi mumkinligini aytdi. Ammo uning so‘zlariga ko‘ra, hukumat yangi maqsad – iqtisodiyotni tiklashga e'tibor qaratadi.

Foto: EPA/Vostock-photo

Yangi Zelandiya koronavirus tarqalishini to‘xtata oldi va hukumat ilgari joriy etilgan barcha cheklovlarni seshanba kunidan boshlab bekor qilishga qaror qildi. Bu haqda mamlakat bosh vaziri Jasinda Ardern ma'lum qildi.

Bunda faqat davlat chegaralari ochilmaydi xolos.

Arxipelag aholisi hech qanday cheklovlarsiz har qanday tadbirni o‘tkazishi, barcha turdagi transportdan foydalanishi, mamlakat bo‘ylab cheklovlarsiz harakatlanishi mumkin bo‘ladi. Barcha korxonalar faoliyat boshlashiga ruxsat beriladi.

Ardern mamlakatda yangi kasallanish holatlari qayd etilishi mumkinligini aytdi. Ammo uning so‘zlariga ko‘ra, hukumat yangi maqsad – iqtisodiyotni tiklashga e'tibor qaratadi.

Jons Hopkins universiteti ma'lumotlariga ko‘ra, Yangi Zelandiyada 1504 kishi koronavirus yuqtirgan, 22 kishi vafot etgan.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma’lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top