12:14 / 09.06.2020
8828

30 kunga kino bepul: UZTELECOM abonentlari uchun IVI onlayn-kinoteatri obunasi sovg‘a

Karantin davrida UZTELECOM aksariyat abonentlari uy interneti yordamida masofadan turib ishlashmoqda, ta'lim olmoqda va muloqot qilmoqda. UZTELECOM va IVI onlayn-kinoteatri birgalikda o‘z abonentlari uchun oila davrasida kino olamidan bahramand bo‘lishlari uchun ajoyib imkoniyat taqdim etmoqda. Xorijiy blokbasterlar, Rossiyaning keng ommalashgan kinolari, dunyoning sara animatsion va diniy seriallari – bularning barchasi endilikda bir oyga BEPUL!

UZTELECOM o‘z abonentlari uchun 2020 yil 4 iyundan 3 iyulga qadar maxsus «IVI-izolatsiya operatsiyasi! 30 kunlik bepul obuna!» aksiyasini o‘tkazmoqda!

Ushbu aksiya UNLIM seriyasining istalgan tarif rejalari internet xizmatiga ulangan abonentlar uchun taqdim etiladi. Bepul obunaning amal qilish muddati aksiya doirasida obuna faollashtirilgan kundan boshlab 30 kunni tashkil qiladi.

IVI onlayn-kinoteatriga obunani sovg‘a sifatida qo‘lga kiritish uchun, UZTELECOM abonenti shaxsiy kabinetida mobil raqamini ro‘yxatdan o‘tkazgan bo‘lishi zarur.

Xizmat UNLIM ceriyasi tarif rejalariga ulangan va aksiya davrida faol holatda bo‘lgan abonentlar uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri faollashtiriladi.

UNLIM seriyasi tarif rejalarining yangi abonentlari uchun esa xizmatni shaxsiy kabinetda yoki quyidagi havola orqali faollashtirishlari kerak bo‘ladi: ivi.uztelecom.uz 

Obunaning bepul davri tugaganidan so‘ng avtomat tarzda pullik davr faollashtiriladi*. UZTELECOM abonentlari uchun IVI obunasining maxsus narxi oyiga 15000 so‘mni tashkil etadi. Mablag‘ni avtomat tarzda yechib olinishi muvaffaqiyatli ro‘yxatdan o‘tganda** va IVI xizmatidan abonent bir yoki undan ko‘p marta foydalanganda yechib olinadi. Shuni ham eslatib o‘tish joizki, IVI onlayn-kinoteatr obunasi uchun to‘lov yechib olinishi uchun shaxsiy hisobda yetarli mablag‘ bo‘lishi zarur.

IVI katalogi o‘zida 80 mingdan ziyod yuqori sifatdagi va reklamalarsiz film va seriallarni mujassam etgan. IVI – Gollivudning barcha asosiy studiyalaridagi filmlar soni bo‘yicha Rossiya video-xizmatlari orasida yetakchi hisoblanadi, ayniqsa, Disney, sha qatorda Marvel, Warner, Sony, Paramount, Universal filmlarining keng katalogini o‘zida jamlagan.

IVI onlayn-kinoteatri va UZTELECOM bilan doimo qiziqarli va yangi hamda yorqin hissiyotlar uchun joy topiladi!

UZTELECOM o‘z abonentlaridan karantin qoidalariga rioya qilishlarini, o‘zlari, yaqinlari va atrofdagilar haqida qayg‘urishlarini so‘rab qoladi.

UZTELECOM – Milliy operator!

Qo‘shimcha ma'lumot:

IVI – bu 80 mingdan ortiq filmlar, multfilmlar va seriallarning katalogiga ega yirik rus onlayn-kinoteatri. Dunyo bo‘ylab IVI auditoriyasi oyiga 60 milliondan ziyod foydalanuvchilarni tashkil etadi. Foydalanuvchilar 80 million soatdan ko‘p vaqtini IVI'da sarflashadi.

Izoh:

*- ro‘yxatdan o‘tish jarayoni o‘zida quyidagilarni mujassam etadi: IVI onlayn-kinoteatriga kirish (sayt, mobil ilova va shu kabilar orqali, mobil telefon va SMS tasdiqlash kodini kiritish). Agar abonent yuqorida keltirilgan amallarni bajarmasa avtomatik tarzda uzaytirilish amalga oshirilmaydi;

**- avtomatik tarzdagi pulli obunani internet xizmatlari shaxsiy kabineti orqali o‘chirish mumkin.

Sayt: www.uztelecom.uz

Texnik qo‘llab-quvvatlash: fb.com/groups/tshtt.uz

Facebook: fb.com/uztelecom

Instagram: @uztelecomuz

Telegram: t.me/uztelecomuz

Reklama huquqi asosida

Top