15:17 / 09.06.2020
5598

«Sardoba» fojiasida yo‘qolgan 2224ta hujjat egalariga tiklab berildi – DXA

Hujjatlarni tiklash bog‘liq barcha harakatlar bepul asosda amalga oshirilmoqda.

Sirdaryo viloyatida “Sardoba” suv omboridagi toshqin natijasida zarar ko‘rgan fuqarolarning yo‘qotilgan hujjatlari bepul ravishda tiklab berilmoqda. 

2020 yil 9 iyun holatiga ko‘ra, Davlat xizmatlari agentligi tomonidan 2224ta hujjat, xususan, 1673ta tug‘ilganlik, 479ta nikoh, 3ta nikohdan ajrim va 49ta o‘lim guvohnomalari qayta rasmiylashtirilib berildi. Bu haqida Davlat xizmatlari agentligi axborot xizmati rahbari Sevara Zokirova ishtirokidagi brifingda aytib o‘tildi.

“Sirdaryo viloyatining barcha tuman va shaharlaridagi evakuatsiya hududlari va aholi xonadonlariga ko‘chirilgan, suv toshqinidan jabrlangan fuqarolar bilan suhbatlar o‘tkazildi.
 
Shakllantirilgan ro‘yxatga asosan bugungi kunga qadar 2309ta holat bo‘yicha hujjatni tiklash haqidagi arizalar olindi.

O‘z xonadonlariga qaytgan fuqarolarga tiklangan hujjatlar tuman Davlat xizmatlari markazlari va FHDYo bo‘limi mas'ul xodimlari tomonidan uylariga borib topshirilmoqda”, deya Sevara Zokirovaning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Ma'lum qilinishicha, hujjatlarni tiklash bog‘liq barcha harakatlar bepul asosda amalga oshirilmoqda.

Mavzu
Sardobada suv toshqini
1 may kuni tongda Sirdaryo viloyatidagi «Sardoba» suv ombori dambasi devori buzilib, suv toshib chiqdi.
Barchasi
Top