13:59 / 09.06.2020
3344

Toshkent shahar hokimligi qoshidagi Jamoatchilik kengashi qurilish nazorati komissiyasi tuzishni taklif etdi

Vazifasi keyingi uch yil ichida barpo etilgan binolarni inventarizatsiya qilish va tasdiqlangan loyihalarga muvofiqligini tekshirishdan iborat komissiya tashkil etish taklif qilinmoqda.

Foto: Toshkent shahar hokimligi

Toshkent shahar hokimligi qoshidagi Jamoatchilik kengashi “Qurilish nazorati komissiyasi” tuzishni taklif etdi.

Jamoatchilik kengashi xabariga ko‘ra, qurilish tarmog‘i bir necha yil davomida turg‘unlikda qolgani bois, kadrlar ketib qolishi ro‘y berdi, an'analar va ko‘nikmalar o‘zlashtirilishida vorisiylik buzildi, zamonaviy qurilish kompaniyalari esa, loyihalarni va qurilish ishlarini tashkil etishning barcha nozik jihatlarini bilmasliklari mumkin.

“Loyihalash va qurilish ishlari sifatining ehtimoliy pasayishini nazorat qilish uchun, vazifasi keyingi uch yil ichida barpo etilgan binolarni inventarizatsiya qilish va tasdiqlangan loyihalarga muvofiqligini tekshirish, idoralararo ekspertiza xulosalari va boshqalar mavjudligini o‘rganishdan iborat komissiya tashkil etishni taklif qilamiz”, - deyiladi ma'lumotda. 

Top