08:52 / 10.06.2020
7652

2020 yil aviatsiya tarixidagi eng yomon yil deb ataldi

Koronavirus pandemiyasi sababli 2020 yilda aviakompaniyalar daromadi 84 mlrd dollarga, yo‘lovchilar soni esa 2 martaga kamayadi. Bunday raqamlarni Xalqaro havo transporti assotsiatsiyasi (IATA) keltirib o‘tdi. 

Foto: TASS

Aprelning o‘zida aviakompaniyalar 2019 yilga nisbatan 95 foiz yo‘lovchini yo‘qotgan.   

Aviakompaniyalar tushumi 2019 yilga nisbatan 50 foizga – 838 mlrd dollardan 419 mlrd dollargacha kamayadi. Avvalgi ko‘rsatkichlarni 2021 yilda tiklashga muvaffaq bo‘linmaydi. IATA aviakompaniyalar tushumi 2021 yilda faqatgina 598 mlrd dollargacha oshishini prognoz qilmoqda.     

“Moliyaviy borada 2020 yil aviatsiya tarixida eng yomon yil bo‘ladi”, deb aytgan IATA rahbari Aleksandr de Jyunyak. Uning ta'kidlashicha, aviatashuvlar sohasi har kun 230 mln dollardan yo‘qotmoqda. 

IATA prognoziga ko‘ra, yo‘lovchi avitashuvlariga talab 2020 yilda 2019 yilga nisbatan 54,7 foizga kamayadi. Shuningdek, yo‘lovchilar soni 2020 yilda 2 martaga – 2,2 mrld kishiga kamayishi kutilmoqda. Bu esa taxminan 2006 yildagi ko‘rsatkichlarga teng hisoblanadi. Shu bilan birga prognozda traffik sekin-asta o‘sayotgani aytilgan. 

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma’lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top