08:33 / 10.06.2020
38444
IIV tizimida yangi tayinlovlar amalga oshirildi

Ichki ishlar vazirining shaxsiy tarkib bo‘yicha buyrug‘i bilan lavozim tayinlovlari amalga oshirildi. Bu haqda IIV axborot xizmati xabar bermoqda.

Ilhom Yusupov

Podpolkovnik Ilhom Elmurodovich  Yusupov Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘ining jamoat tartibini saqlash bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi

Tayinlovga qadar I. Yusupov Surxondaryo viloyati, Denov tumani bo‘yicha ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Elbek Nurullayev

Podpolkovnik Elbek Abduqodirovich Nurullayev Surxondaryo viloyati, Denov tumani bo‘yicha ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. 

Tayinlovga qadar E. Nurullayev Surxondaryo viloyati, Boysun tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Do‘stmurod Boboyev

Mayor Do‘stmurod Qurbonmurotovich Boboyev Surxondaryo viloyati Boysun tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. 

Tayinlovga qadar D. Boboyev Surxondaryo viloyati, Sho‘rchi tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

Ibrohim Hasanov

Polkovnik Ibrohim Islomovich Hasanov Toshkent viloyati IIBB boshlig‘ining to‘rtinchi mintaqaviy hudud bo‘yicha vakili - markaz boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar I. Hasanov Toshkent tumani ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

O‘tkirbek Xurboyev

Podpolkovnik O‘tkirbek Mahammatjonovich Xurboyev Toshkent tumani ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar O‘. Xurboyev Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

Farhodjon Bektoshev

Podpolkovnik Farhodjon Isroilovich Bektoshev Farg‘ona viloyati, Toshloq tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar F. Bektoshev Farg‘ona viloyati, Rishton tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

Jasur Madaminov

Mayor Jasur Narimonovich Madaminov Xorazm viloyati Qo‘shko‘pir tumani bo‘yicha ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar J. Madaminov Hazorasp tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

Otamurod Ahmedov

Podpolkovnik Otamurod Baxtiyorovich Ahmedov  Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumani bo‘yicha ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar A. Ahmedov Toshkent shahar, Yashnobod tumani bo‘yicha ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Tohirjon Zuparov

Podpolkovnik Tohirjon Zokirjonovich Zuparov Toshkent shahar, Yashnobod tumani bo‘yicha ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar T. Zuparov Toshkent shahar Yunusobod tumani bo‘yicha ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘ining tezkor ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

Top