22:14 / 10.06.2020
6790
Instagram’da eng ko‘p pul topgan sportchilar ma'lum qilindi. Ronaldu yetakchi  

Foxspors nashrining xabar berishicha, futbolchi ijtimoiy tarmoq orqali 50,3 mln dollar ishlab topgan.

Foto: Globallookporess.com

Foxspors nashrining xabar berishicha, futbolchi ijtimoiy tarmoq orqali 50,3 mln dollar ishlab topgan. Bir yil ichida Ronalduning sahifasida 43 ta reklama joylashtirgan va har bir reklama futbolchiga o‘rtacha 1,17 mln dollar daromad keltirgan. Shu tariqa, Ronalduning Instagram orqali olgan daromadi “Yuventus”dagi maoshidan ko‘proqni tashkil qilgan. Futbolchining klubdagi maoshi yiliga 33 mln dollarni tashkil qiladi.

2-o‘rinni “Barselona” hujumchisi Lionel Messi egallagan. U ijtimoiy tarmoq orqali 30,4 mln dollar ishlab topgan. 

Yetakchi uchlikni hindistonlik kriket ustasi Virat Koxli 15,7 mln dollar bilan yakunlagan. 

4- va 5-o‘rinlarni Devid Bekxem (11,6 mln dollar) va Neymar (8,1 dollar) egallagan. 

Ta'kilash joiz, Ronaldu ijtimoiy tarmoq orqali Messi, Bekxem va Neymarning umumiy daromadidan ko‘proq pul ishlab topgan.

5 iyun kuni Forbes nashri Ronaldu tarixdagi ilk milliarder futbolchiga aylanganini ma'lum qilgandi. Futbolchi 17 yillik faoliyati davomida turli klublardan maosh sifatida 650 mln dollar topgan. U qolgan mablag‘ni homiylik shartnomalaridan olgan. 

Top