19:15 / 10.06.2020
5654
Kanalda oqib kelayotgan qoplarda 36 million so‘mlik tamaki fosh bo‘ldi

Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Bekobod tumani hududidan oqib o‘tuvchi “Urtukli chapirmoq” kanalidan fuqaro U.R. qo‘shni mamlakat hududidan oqib kelayotgan shubhali qoplarni olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.

Tekshiruv davomida ushbu qoplarda umumiy qiymati 36 million so‘mlik 3 ming dona tamaki mahsulotlari borligi aniqlandi.

Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

 

Top