23:54 / 10.06.2020
31625
Koronavirusning tarqalishi tezligi nimaga bog‘liqligi aniqlandi

Olimlar koronavirusning turli sirtlarda yashashi yo‘tal yoki aksirishda atrof-muhitga tarqaladigan virusli tomchilarning bug‘lanib ketishi tezligiga bog‘liqligini aniqlashdi.  

Foto: REUTERS/Guglielmo Mangiapane

News-medical.net nashrining yozishicha, mutaxassislar ko‘plab omillar va ko‘rsatkichlarni, jumladan atrof-muhit harorati, sirt turi va nisbiy namlikni hisobga oluvchi matematik modeldan foydalanishgan. Aniqlanishicha, atrof-muhitning yuqori harorati virusli tomchini tezroq quritishga yordam bergan, bu esa virusning yashashi ehtimolini keskin kamaytirgan. Namlik yuqori bo‘lgan joylarda tomchilar sirtda uzoqror qolib, bu holda virusning yashab ketishi ehtimoli oshgan.   

Mutaxassislar ochiq havoda turli havo sharoitlarida tomchining qurishi vaqtini aniqlashgan va bu ko‘rsatkichlarning koronavirus tarqalishi tezligi bilan bog‘liqligini tekshirishgan. Ular Nyu-York, Chikago, Los-Anjyeles, Mayami, Sidney va Singapurni tanlab olib, bu shaharlarda koronavirusga chalinganlar soni oshishining tomchilar qurish vaqtiga bog‘liqlik grafigini tuzishgan. Aniqlanishicha, kasallanganlar soni ko‘payishi sur'ati yuqori bo‘lgan shaharlarda virusli tomchining qurishi vaqti kattaroq bo‘lgan.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top