23:17 / 10.06.2020
84543
Kunlik yangi holatlar soni yana yuzdan oshdi, 7ta hududda aholi orasida virus aniqlandi

10 iyun kuni 103ta yangi holat qayd etilib, jami keyslar soni 4623taga yetdi.

Foto: Kun.uz

O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi mamlakatda yana 32 kishiga Covid-19 tashxisi qo‘yilganini ma'lum qildi.

«2020 yil 10 iyun soat 23:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 4623 (+32) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 23 nafari karantin muassasalarida, 9 nafari esa aholi orasida qayd etildi. Hozirda ushbu holatlar bo‘yicha epidemiologik surishtiruv ishlari davom etmoqda», – deyiladi vazirlik xabarda.

10 iyun kuni jami 103ta yangi holat qayd etildi. Shundan:

  • karantin muassasalarida  – 64ta
  • aholi orasida – 27ta
  • xorijdan kirib kelgan xalqaro yuk tashuvchi haydovchilar orasida – 12ta holat aniqlandi.

Aholi orasida:

  • Toshkent viloyatida – 11 nafar
  • Toshkent shahrida – 7 nafar
  • Sirdaryo viloyatida – 3 nafar
  • Samarqand va Buxoro viloyatlarida – 2 nafardan
  • Xorazm va Qashqadaryo viloyatlarida – 1 nafardan kishida koronavirus qayd etildi.

Bugun 73 bemor sog‘ayib, jami tuzalganlar 3532 nafarga yetdi.

27 may kuni Sankt-Peterburgdan charter reysda kelgan samarqandlik erkak vafot etdi. Qurbonlar 19 kishini tashkil qilmoqda.

9ta hududdagi shifoxonalarda 1072 kishi davolanyapti. Ulardan 8 nafari og‘ir, 1 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top