13:55 / 10.06.2020
56787
Toshkent shahri bemorlar soni ko‘pligiga qaramay, «sariq» hudud bo‘lib qolayotganiga izoh berildi

Toshkent shahrida kasallik qayd etilgan mahalla, mavze, daha va yirik obektlar bo‘yicha karantin cheklovlari o‘rnatilmoqda. 

AOKA shtabida Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Botir Qurbonov ishtirokida brifing bo‘lib o‘tdi.

Unda muhim savol va murojaatlar yuzasidan javob qaytarildi. Xususan, Toshkent shahri koronavirus bemorlari soni ko‘pligiga qaramay, «sariq» hudud bo‘lib qolayotganiga izoh berildi.

Qayd etilishicha, Toshkent shahrida kasallik qayd etilgan mahalla, mavze, daha va yirik obektlar bo‘yicha karantin cheklovlari o‘rnatilmoqda. 

Unga ko‘ra:

jami 513 ta mahalla fuqarolar yig‘inidan 42 tasi — «qizil» hudud;

132 tasi — «sariq» hudud;

339 tasi — «yashil» hududga ajratilgan.

Toshkent shahri poytaxt ekanligi hisobga olinib, aholining ijtimoiy-iqtisodiy islohotlari va harakatlariga ta'sir qilmay, tadbirlarni manzilli belgilash tizimli tarzda amalga oshirilmoqda, deyiladi ma'lumotda.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top