22:47 / 12.06.2020
42588
7 iyun kuni Toshkentda aniqlangan 195 nafar bemorning 183 nafari bitta joyda ishlagan quruvchilar bo‘lgani ma'lum qilindi

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Botir Qurbonov “Zamon” axborot dasturiga bergan intervyusida Toshkent shahrida 7 iyun kuni koronavirusga chalingani aniqlangan 195 kishining 183 nafari bitta muassasada ishlayotgan quruvchilar bo‘lganini ma'lum qildi.

“7 iyun kuni Toshkent shahri hududida koronavirus infeksiyasi bilan zararlangani aniqlangan 195 kishining 183 nafari quruvchilar bo‘lib, ular bitta muassasada ishlashgan. Ushbu quruvchilar qaysi qurilish kompaniyasida ishlashganini aytolmayman, chunki istasak-istamasak bu narsa o‘sha kompaniyaning obro‘siga, imijiga zarar yetib qoladi.

Aniqlangan holat bo‘yicha tegishli tartibda belgilangan ma'muriy choralar ko‘rildi va ushbu holat takrorlanishining oldini olishga qaratilgan bir qator tushuntirish-targ‘ibot ishlari amalga oshirildi”, deya Botir Qurbonovning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Uning qo‘shimcha qilishicha, bemorlar bilan bir obektda ishlagan, ular bilan aloqada bo‘lganlikda gumon qilingan 300 nafardan ortiq kishi karantinga olingan.

“Kasallik aniqlangan quruvchilar bilan birga faoliyat yuritayotgan 300 nafar shaxs izolyatsiya qilingan. Bugungi kunda ular tibbiy kuzatuvga olingan.

183 nafar quruvchining oila a'zolari boshqa viloyatda bo‘lgani, boshqa hududdan kelganiga 14 kundan ko‘proq vaqt o‘tgani, bu vaqt orasida oila a'zolari bilan kontaktda yoki birlamchi munosabatda bo‘lmaganini inobatga olib bemorlarning yaqinlari karantinga olinmadi.

Shu bilan birga, kasallik aniqlangan ayrim shaxslarning oilasi Toshkent shahrida bo‘lsa-da, o‘zlari qurilish bo‘layotgan hududdagi yotoqxonada yashagani uchun ularning oila a'zolarini ham izolyatsiya qilinmadi”, deydi Botir Qurbonov.

15 iyundan boshlab faoliyati tiklanayotgan buyum bozorlarida savdo qay tarzda yo‘lga qo‘yilishi ma'lum qilindi

Afg‘onistonda bir kunda 748 kishi koronavirusga chalingan. Qo‘shni davlatlardagi epedimiologik vaziyat haqida ma'lumot berildi

Futbolchilarga maydonda tuflash, golni jamoaviy nishonlash taqiqlanadi. 13 iyundan davom ettiriladigan Superliga o‘yinlarida yana qanday cheklovlar joriy etilmoqda?

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top