09:59 / 12.06.2020
22986

Andijonda yer silkinishi qayd etildi

FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar qilishicha, 12 iyun kuni Toshkent vaqti bilan soat 09:30da Qirg‘izistonda yer silkinishi sodir bo‘ldi. 

Yer silkinishi koordinatalari: 40,76 gradus shimoliy kenglik; 73,04 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=3,4. Chuqurlik 10 km. 

Yer silkinishi episentridan Toshkentgacha masofa 326 km janubiy-sharqiy yo‘nalish bo‘yicha.

Yer silkinishi O‘zbekiston hududida:

Andijon - 59 km, 2 ball.

O‘zbekistonning boshqa hududlarida yer silkinishi qayd etilmadi.

Talafotlar va jabrlanganlar to‘g‘risida ma'lumot kelib tushmadi, deyiladi ma'lumotda.

Top