16:57 / 12.06.2020
35020

Oliy va o‘rta maxsus islom ta'lim muassasalarida qaysi fanlardan qabul imtihonlari o‘tkazilishi e'lon qilindi

O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi oliy va o‘rta maxsus islom ta'lim muassasalarida qaysi fanlardan qabul imtihonlari o‘tkazilishi ma'lum bo‘ldi.

Foto: Toshkent islom instituti

O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, 2020-2021 o‘quv yili bo‘yicha quyidagi fanlardan qabul imtihonlari o‘tkaziladi:

O‘rta maxsus islom ta'lim muassasalari bo‘yicha

1-blok “Chet tili” 30 ta savol, har bir to‘g‘ri javobga 3.2 ball beriladi, jami 96 ball;

2-blok “Tarix” 30 ta savol, har bir to‘g‘ri javobga 3.1 ball beriladi, jami 93 ball.

Qabul imtihonlari test sinovi shaklida o‘tkaziladi.

Toshkent islom instituti va Mir Arab Oliy madrasasi bo‘yicha:

“Fiqh va aqoid” (test) 30 ta savol, har bir to‘g‘ri javobga 3.1 ball beriladi, jami 93 ball;

“Arab tili” (ijodiy imtihon) 30 ta savol, har bir to‘g‘ri javobga 2.1 ball beriladi, jami 63 ball;

“O‘zbekiston tarixi” (test) 30 ta savol, har bir to‘g‘ri javobga 1.1 ball beriladi, jami 33 ball.

Hadis ilmi maktabi bo‘yicha:

“Hadis va Mustalahul hadis” (ijodiy imtihon) 30 ta savol, har bir to‘g‘ri javobga 3.1 ball beriladi, jami 93 ball;

“Arab tili” (ijodiy imtihon) 30 ta savol, har bir to‘g‘ri javobga 2.1 ball beriladi, jami 63 ball;

“O‘zbekiston tarixi” (test) 30 ta savol, har bir to‘g‘ri javobga 1.1 ball beriladi, jami 33 ball.

Mavzu
Qabul-2020
20 iyun kuni OTMlarga hujjat qabul qilish boshlandi. Imtihonlar 1 avgust kuni boshlanishi rejalashtirilmoqda.
Barchasi
Mavzuga oid
Top