08:16 / 12.06.2020
8930
Paxtachidagi oltin konidan 6 tonna tosh tashib ketmoqchi bo‘lgan o‘nlab kishilar qo‘lga tushdi

Samarqand viloyati Paxtachi tumanida joylashgan Qoraqo‘tan konida 7 may kuni Milliy gvardiya va ichki ishlar xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Foto: Milliy gvardiya

Milliy gvardiya Qo‘riqlash xizmatidan ma'lum qilishlaricha, kondagi 112-sonli ochiq karer tushib tekshirilganda, 39ga yaqin fuqaro tomonidan 200ta polietelin qopga joylangan 6 tonna 610 kg, tarkibida oltin moddasi bo‘lishi mumkin bo‘lgan toshlar hamda 10ta turli rusumdagi avtomashinalar, 9 dona elektr uzatgich, 10 dona perfarator kabi asboblar daliliy ashyo sifatida olinib, Paxtachi tumani IIBga topshirilgan.

«Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda», – deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, tezkor tadbir Samarqand viloyati Qo‘riqlash boshqarmasi 11-alohida otryadi va Paxtachi tuman Ichki ishlar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan.

Top