08:14 / 12.06.2020
13209
Qibrayda uch nafar shaxs tomonidan kaltaklangan fuqaro voqea joyida vafot etdi

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “d” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 

2020 yil 8 iyun kuni soat taxminan 23:00da fuqaro, 30 yoshli Sh.K. tanishlari 27 yoshli Sh.R. va 26 yoshli B.A. bilan bir guruh bo‘lib, Toshkent viloyati Qibray tumani Yoshlik ko‘chasida o‘zlariga oldindan tanish bo‘lgan 27 yoshli D.B. bilan o‘rtalarida yuzaga kelgan og‘zaki kelishmovchilik natijasida janjallashgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, janjal vaqtida ular D.B.ning bosh-yuz sohasi va tanasining turli joylariga qo‘l va oyoqlari bilan bir necha marotaba urib-do‘pposlab, tan jarohati yetkazishgan.

Natijada D.B. og‘ir tan jarohati olib, hodisa sodir bo‘lgan joyda vafot etgan.

Holat yuzasidan Qibray tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan fuqarolar Sh.K., Sh.R. va B.A.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “d” bandi (jabrlanuvchining o‘limiga olib kelgan qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ushbu fuqarolar gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilinib, protsessual tartibda ushlangan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Top