16:24 / 12.06.2020
5422
Qozog‘iston 20 iyundan xalqaro aviareyslarni tiklaydi

Joriy yilning 20 iyunidan boshlab Qozog‘iston ba'zi davlatlarga aviaparvozlarni tiklaydi, deya xabar berdi mamlakat Fuqaro aviatsiyasi qo‘mitasi matbuot xizmati.

Foto: NUR.KZ

Xalqaro reyslar koronavirus infeksiyasining paydo bo‘lishi va tarqalishi oldini olish bo‘yicha Idoralararo komissiyaning qaroriga binoan, Qozog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tavsiyalari, epidemiologik vaziyat darajasini hisobga olgan holda tiklanadi.

Xususan, 2020 yil 20 iyundan boshlab Turkiya, Xitoy, Janubiy Koreya, Tailand, Gruziya va Yaponiyaga xalqaro reyslar bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.

Xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha parvozlar soni havo qatnovi to‘g‘risidagi hukumatlararo bitimlar va har bir yo‘nalishdagi samolyotlarning tijorat yukiga qarab belgilanadi.

Qo‘mitadan qayd etishlaricha, aviareyslar va chiptalarni sotish aviakompaniyalar veb-saytlarida e'lon qilingan jadvalga muvofiq amalga oshiriladi. Bu fuqarolarning yuqorida ko‘rsatilgan mamlakatlar bilan davlat chegarasi orqali harakatlanishiga qo‘yilgan cheklovlar olib tashlanishi hamda Qozog‘iston va tegishli davlatlarda epidemiologik vaziyat yaxshilanishiga bog‘liq bo‘ladi.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top