09:21 / 12.06.2020
5614
«Saxovatli insonlar» xayriya loyihasi Andijondagi ehtiyojmand oilalarga ehson tarqatdi

O‘zbekistonda ham karantin joriy etilgach, moddiy tomondan qiyin holatda qolgan oilalar holidan xabar olish va ularga ko‘mak berish maqsadida tadbirkorlar va faollar tomonidan xayriya loyihalari tashkil etib kelinyapti.

Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahrida tashkil etilgan «Saxovatli insonlar» xayriya loyihasi bugungi kungacha ko‘plab moddiy yordamga muhtoj vatandoshlarimizga ehsonlarni yetkazib berish yo‘lida xizmat qilib kelmoqda.

Loyiha doirasida shu kunga qadar Marg‘ilon, Qo‘qon va Farg‘ona shahri, Qo‘shtepa, Oltiariq, Yozyovon, Farg‘ona va Rishton tumanlari, qolaversa Andijon va Namangan viloyati bo‘ylab jami 5 mingdan ziyod oilalarga oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berildi.

Andijonga tashrif buyurgan Abdug‘affor Ergashev boshchiligidagi guruh a'zolari viloyatning Oltinko‘l, Asaka va Buloqboshi tumanidagi ijtimoiy himoyaga muhtoj xonadonlarga 12 turdagi oziq-ovqat mahsulotlari jamlanmasidan iborat ehsonlarni tarqatdilar.

Oltinko‘l tumanidagi yordamga muhtoj ko‘zi ojiz Tamaraxon Abduvaliyeva, egizak farzandlari bilan zoriqib yashayotgan Viloyatxon Xasanovalar xonadonida bo‘lib, ularga zarur oziq-ovqat mahsulotlari berildi.

Asaka tumanida yashovchi nogiron Adhamjon Noraliyev, Buloqboshi tumani «Tinchlik» mahallasidagi bemor Muxtorjon ota Ergashevlar ehson sovg‘alarini olgach, muruvvatli insonlarni chin dildan duo qildilar.

«Saxovatli insonlar» loyihasi tomonidan Asaka, Oltinko‘l va Buloqboshi tumanlaridagi jami 100ta xonadon holidan xabar olindi.

Loyiha tashkil etilganidan buyon ko‘plab saxovatli insonlarning moddiy va ma'naviy ko‘magida o‘z faoliyatini davom ettirib kelmoqda.

Azizlar, saxovatli insonlar! Ehson loyihasiga siz ham o‘z hissangizni qo‘shishingiz mumkin. Qilgan ehsonlaringiz vodiy viloyatlaridagi yordamga muhtoj oilalarga yetkaziladi. Saxovatingiz ko‘plab oilalarga quvonch va kuch berishini unutmang. Yaxshilik qilishdan charchamang, aziz vatandosh.

«Saxovatli insonlar» ehson loyihasi haqida batafsil ma'lumotni Telegram`dagi MehrMargilon guruhidan olish mumkin.

Plastik karta orqali pul tushirmoqchi bo‘lganlar uchun:

8600 3104 8392 1268

Telefon: +998904070307 (Muhammadaziz Toirov)

Top