17:10 / 12.06.2020
5275

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti va «Kafil Sug‘urta» kompaniyasi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi

Joriy yilning 10 iyun kuni «Kafil Sug‘urta» kompaniyasi va Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi.

Kelishuv O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 2 avgustdagi «O‘zbekiston Respublikasining sug‘urta bozorini isloh qilish va jadal rivojlanishini ta'minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi va «Oliy ma'lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorlari ijrosini ta'minlash maqsadida amalga oshirildi.

Memorandumda talaba yoshlar o‘rtasida sug‘urta madaniyatini oshirish, fan-ta'lim-ishlab chiqarish integratsiyasini takomillashtirish va ularni kasbga yo‘naltirish, sug‘urta bozori mutaxassislarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish, zamonaviy o‘qitish uslublaridan foydalanishni takomillashtirish, aholiga ko‘rsatilayotgan sug‘urta xizmatlari sifatini oshirish, shu bilan birga aholini sug‘urtaviy himoyalash ko‘lamini kengaytirish maqsad qilingan.

Mazkur memorandum doirasida quyidagi ishlarni amalga oshirish rejalashtirildi:

  • Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti qoshida «Kafil Sug‘urta» kompaniyasining «Malakali xodimlar tayyorlash tarmoq markazi»ni tashkil etish;
  • sug‘urta bozoridagi kuchli raqobat, taqdim etilayotgan sug‘urta xizmatlari soni va sifati, shu bilan birga, sug‘urta bozorining ilg‘or va innovatsion tajribalarini inobatga olib o‘quv kurslari, tayyorlash va qayta tayyorlash va malaka oshirishning zamonaviy usullarini keng qo‘llagan holda yosh, malakali va zamonaviy sug‘urta agentlarini tayyorlash hamda bu orqali sug‘urtalanuvchilarning shaxsiy va mulkiy manfaatlariga mos ishonchli sug‘urta himoyasini taqdim etish;
  • fan va ishlab chiqarishning innovatsion hamkorligini amalga oshirish asosida innovatsion-korporativ hamkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsadida universitetning «Buxgalteriya hisobi» va «Moliya» kafedralari bilan o‘zaro hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘ygan holda markaz faoliyatini takomillashtirish maqsad qilingan.

Qo‘shimcha ma'lumotlar:

Rasmiy sayt: www.kafil.uz

Telegramdagi rasmiy kanal: t.me/kafiluz

Murojaat uchun: +99871 2000414 (24 soat)

Reklama huquqi asosida

Top