20:21 / 12.06.2020
9638
Turonbank: O‘zbekistonda ilk bor so‘mga ham 50, ham 100 AQSh dollarini bankomatdan xarid qilish imkoniyati yaratilmoqda!
Foto: Turonbank

Turonbankning “Sash-in/Sash-out” funksiyasiga ega bankomatlari orqali avtomatlashtirilgan shaklda so‘mga naqd AQSh dollarini xarid qilish  imkoniyati yaratilmoqda. Mazkur bankomatlar bosqichma-bosqich ishga tushirilishi rejalashtirilgan.

Boshqa banklardan farqli o‘laroq, Turonbankda siz hatto 50 dollarlik kupyurani ham sotib olish imkoniyatiga ega bo‘lasiz. Buning uchun mablag‘ingizni Respublikaning barcha hududlarida joylashgan maxsus valuta bankomatlarimizga kiritishingizning o‘zi kifoya. Soniyalar ichida uskuna sizning yumushingizni hal qiladi va qaytimingizni ham beradi.

Mazkur bankomatlar 24/7 rejimida aholiga xizmat ko‘rsatib, 6 turdagi (AQSh dollari, Angliya Funt sterlingi, Shveytsariya franki, Yapon yyenasi, Rossiya rubli, Qozoq tengesi) xorijiy valutani milliy valutaga ayirboshlash va “Mastercard” xalqaro plastik kartalaridan naqd milliy valuta yechish imkoniyatini ham Sizga taqdim etadi.

Mazkur xizmat to‘liq ishga tushirilgandan so‘ng bankomatlarning joylashuvi bo‘yicha ma'lumotlarni bankning rasmiy sayti yoki @uz_avtovash_bot telegram boti orqali olishingiz mumkin.

Ma'lumot uchun:

Sayt: turonbank.uz

Telegram: t.me/turonbankuz

Facebook: fb.com/turonbank

Instagram: instagram.com/turonbank

Call-center: (+998 95) 144-60-00

Reklama huquqi asosida

Top