21:01 / 12.06.2020
3733
Ukraina NATOda kengroq imkoniyatlarga ega bo‘ldi

NATOning kengaytirilgan imkoniyatlar dasturi 2014 yilda yo‘lga qo‘yilgan. Uning maqsadi - hamkor mamlakatlar qurolli kuchlarining alyans qo‘shinlari bilan operativ muvofiqligini kuchaytirish.

Foto: NATO

Ukraina NATOning kengaytirilgan imkoniyatlarga ega hamkoriga aylandi, deb xabar qildi mamlakat tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba.

«O‘sha kun keldi. Men alyansdagi hamkorlarimizdan cheksiz minnatdorman, ular tufayli bu qaror amalga oshdi», — deb yozdi u tvitterida.

Ukraina NATOning dastur va mashg‘ulotlarida qatnashish uchun kengroq imkoniyatlarga ega bo‘ladi, deyiladi alyans bayonotida. 

ZN.ua nashrining qayd etishicha, kengaytirilgan imkoniyatlar hamkorligi NATOga a'zo bo‘lish istiqbolini ko‘zda tutmaydi.  

NATOning kengaytirilgan imkoniyatlar dasturi 2014 yilda yo‘lga qo‘yilgan. Uning maqsadi — hamkor mamlakatlar qurolli kuchlarining alyans qo‘shinlari bilan operativ muvofiqligini kuchaytirish. Ukrainadan tashqari, Avstraliya, Gruziya, Iordaniya, Finlyandiya va Shvetsiya NATOning kengaytirilgan imkoniyatlarga ega hamkori hisoblanadi.

Top