10:31 / 13.06.2020
22190

O‘zini o‘zi moliyalashtirish tizimiga o‘tgan OTM kontrakt miqdorini o‘zi mustaqil belgilaydi

O‘zini o‘zi moliyalashtirish tizimiga o‘tgan OTMga o‘zini o‘zi to‘liq moliyaviy ta'minlash miqdoridan kelib chiqib, to‘lov-kontrakt asosida o‘qitish qiymatini belgilash huquqi berildi.

“2020/2021 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining oliy ta'lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi. 

Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi xabariga ko‘ra, o‘zini o‘zi moliyalashtirish tizimiga o‘tgan oliy ta'lim muassasalariga o‘zini o‘zi to‘liq moliyaviy ta'minlash miqdoridan kelib chiqib, to‘lov-kontrakt asosida o‘qitish qiymatini belgilash huquqi berildi.

O‘zini o‘zi moliyalashtirish tizimiga o‘tgan OTMlar rektorlari bakalavriat ta'lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha belgilangan to‘lov-kontrakt miqdori haqidagi ma'lumotlarni bir hafta muddatda ommaviy axborot vositalari va Internet tarmog‘ida e'lon qiladi.

Eslatib o‘tamiz, 2020 yil 1 yanvardan quyidagi 10 ta oliy ta'lim muassasasi tajriba-sinov tariqasida o‘zini o‘zi moliyalashtirish tizimiga o‘tishi belgilangan:

  • Samarqand davlat chet tillari instituti;
  • Samarqand iqtisodiyot va servis instituti; 
  • Toshkent davlat yuridik universiteti;
  • Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti;
  • Toshkent moliya instituti;
  • Toshkent davlat sharqshunoslik instituti; 
  • Toshkent farmatsevtika instituti;
  • O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti;
  • Urganch davlat universiteti;
  • Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti.
Mavzu
Qabul-2020
20 iyun kuni OTMlarga hujjat qabul qilish boshlandi. Imtihonlar 1 avgust kuni boshlanishi rejalashtirilmoqda.
Barchasi
Top