08:48 / 15.06.2020
6386
Andijondagi tikuv sexida yirik yong‘in sodir bo‘ldi

13ta yong‘in o‘chirish ekipaji voqea joyiga yetib borgan. 

Joriy yilning 14 iyun kuni taxminan soat 01:44da Andijon viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga (FVB) Xo‘jaobod tumani «Mustahkam» MFY, E.Qosimov ko‘chasi 17-uyda joylashgan MChJ hududida yong‘in sodir bo‘lganligi to‘g‘risida ma'lumot kelib tushgan.

FVV xabarida aytilishicha, yong‘in oqibatida taxminan 1200 m2 maydonning ichki qismidagi tikuv dastgohlari va yarim tayyor mahsulotlariga zarar yetgan.

Mazkur vaziyat yuzasidan viloyat FVBning rahbariyati boshchiligida 13ta yong‘in o‘chirish ekipaji voqea joyiga yetib borgan. Olib borilgan tezkor choralar natijasida yong‘in soat 02:15da o‘rab olinib, soat 03:45da to‘liq bartaraf etildi.

Qutqaruvchilarning sa'y-harakatlari tufayli mazkur sexning yerto‘lasidagi qiymati 3 milliard so‘mlik tayyor mahsulotlar, 6 ta «Isuzu» avtobusi saqlab qolindi.

Ayni vaqtda yong‘inning kelib chiqish sabablari o‘rganilmoqda, deyiladi ma'lumotda.

Top