19:07 / 15.06.2020
6609

AQShda ishsizlarga nafaqa berishni to‘xtatishga qaror qilindi

AQSh mehnat vazirligining ma'lumotiga ko‘ra, hozirda mamlakatda 21 million nafar ishsiz bo‘lib, umumiy ishsizlik darajasi 13,3 foizgacha pasaygan.  

Foto: AP

AQSh prezidenti Donald Tramp ma'muriyati koronavirus pandemiyasi va iqtisodiyotning pasayishi fonida belgilangan ishsizlarga nafaqa to‘lashni to‘xtatishga tayyorlanmoqda. Bu haqda Oq uyning iqtisodiy maslahatchisi Larri Kadlou ma'lum qildi, deb yozadi Financial Times.

Uning so‘zlariga ko‘ra, iqtisodiyot tiklanayotganligi sababli ma'muriyat avgustdan nafaqa to‘lashdan voz kechishga qaror qilgan.

Kadlou ishga qaytganlar uchun bonus to‘lanishi mumkinligini, ammo bu haftada marta to‘lanadigan 600 dollarlik ishsizlik nafaqasidan kamroq bo‘lishini aytdi.

Mart oyida iqtisodiyotni qo‘llab-quvvatlash uchun qabul qilingan choralarda haftada bir marta ana shunday nafaqa to‘lanishi ko‘zda tutilgandi. Kongress nafaqa to‘lash muddatini yil oxiriga qadar uzaytirishgan uringandi. Ammo senat bu boradagi qaror loyihasini ko‘rib chiqishni rad etdi.

AQSh mehnat vazirligining ma'lumotiga ko‘ra, hozirda mamlakatda 21 million nafar ishsiz bo‘lib, umumiy ishsizlik darajasi 13,3 foizgacha pasaygan.  

Bloomberg Economics tadqiqotchilarining xulosasiga ko‘ra, ishsizlikning yuqori ko‘rsatkichi uzoq vaqtgacha saqlanib qolishi mumkin.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma’lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top