15:17 / 15.06.2020
17214
«Koronavirus asab tizimini ishdan chiqarishi mumkin» – Otabekov

Bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov koronavirusning asab tizimiga ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan ta'sirlarini sanab o‘tdi.

Unga ko‘ra, viruslar, jumladan, koronavirus ham odamning butun asab tizimini ishdan chiqarishga qodir.

«AQShda mutaxassislar koronavirus negizidagi nevrologik asoratlarni davolash uchun shifoxonaga yotqizilgan barcha bemorlarda retrospektiv tahlil o‘tkazishgan.

Tadqiqotchilar ularning deyarli yarmida Covid-19 nevrologik jihatdan namoyon bo‘lishini aniqlashgan. Xususan, bemorlarda bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i, ta'm va hid bilish qobiliyatining buzilishi, qon tomirlarining torayishi, zaiflik va mushaklarda og‘riq kuzatilgan», dedi Otabekov 15 iyun kungi brifingda

Qayd etilishicha, Covid-19 ko‘plab sabablarga ko‘ra nevrologik disfunksiyaga olib kelishi ehtimoli mavjud. Xususan, virus boshqa organlarga zarar yetkazishi natijasida miyaga kislorod yetishmasligi yoki qon ivishining buzilishi bilan kasallanish, buning negizida ishemik yoki gemorragik insult yuzaga kelishi mumkin. 

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top