23:20 / 15.06.2020
120248
Koronavirus: O‘zbekistonda yana jiddiy o‘sish kuzatildi

Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda yana 109 kishida koronavirus aniqlangani haqida xabar berdi.

«2020 yil 15 iyun soat 23:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 5263 nafarni tashkil etmoqda.  

Yangi kasallanish holatlarining 77 nafari karantin markazidagi fuqarolar orasida, 12 nafari Toshkent shahrida (shundan 10 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lgan, 2 nafari aholi orasida), 7 nafari Toshkent viloyatida (shundan 6 nafari xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisi, 1 nafari esa koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lgan), 5 nafari Namangan viloyatida, yana 5 nafari Navoiy viloyatida koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib karantinga olingan fuqarolar orasida, 3 nafari Samarqand viloyatida aholi orasida aniqlangan», deyiladi xabarda.

Bugun 183ta yangi holat qayd etildi, shundan 144tasi karantin markazida, 29tasi aholi orasida aniqlangan, xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilari bo‘lgan 10 kishiga virusdan zararlanish tashxisi qo‘yilgan.

Shuningdek, 76 bemor sog‘aydi va jami tuzalganlar soni 4019 nafarni tashkil etmoqd.

Ayni vaqtda shifoxonalarda 1225 nafar bemor davolanmoqda. Ulardan 14 nafari og‘ir, 2 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

  • Ma'lumot uchun, O‘zbekistonda eng yuqori kunlik o‘sish 7 iyun kuni kuni qayd etilgan, o‘shanda 237 kishida koronavirus aniqlangandi.
Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top