15:02 / 15.06.2020
19087
O‘zbekistonda koronavirusdan tuzalganlar soni 4 mingga yaqinlashdi

Sog‘liqni saqlash vazirligi Toshkentda va Navoiyda 42 bemor tuzalib, O‘zbekistonda jami sog‘ayganlar soni 3985 nafarga yetgani to‘g‘risida xabar berdi.

Toshkentdagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 9 nafar, Navoiy viloyatida 33  nafar, jami 42 nafar bemor sog‘aydi.

Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida tuzalganlarning 1 nafari erkak, 8 nafari ayol bo‘lib, yoshi kattasi 55 yoshda, yoshi kichigi 2017 yil tug‘ilgan. Hududlar kesimida olinsa, sog‘aygan bemorlarning 5 nafari toshkentlik, 2 nafari Andijon viloyati Paxtaobod tumanidan, 1 nafari Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanidan, yana bir nafari esa Samarqand viloyati Qo‘shrobot tumanidan.

Navoiy viloyatidan tuzalganlarning 25 nafari erkak, 8 nafari ayol bo‘lib, yoshi kattasi  50 yoshda, yoshi kichigi 2013 yil tug‘ilgan. Hududlar kesimida olinsa, 31 nafari viloyatning o‘zidan, 2 nafari esa Namangan viloyatidan. 

Endilikda Toshkent shahridan koronavirus infeksiyasidan sog‘ayganlar soni 1939  nafarga yetdi. Navoiy viloyatida esa ushbu ko‘rsatkich 214 nafarni tashkil qilmoqda.

Shu vaqtgacha O‘zbekistonda jami 3985 kishi kasallikdan tuzalib chiqqan.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top