10:03 / 15.06.2020
26022

O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish holatlari soni 5100dan oshdi

Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda yana 23 kishida koronavirus aniqlangani haqida xabar berdi.

«2020 yil 15 iyun soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 5103 nafarni tashkil etmoqda. 

Yangi kasallanish holatlarining 8 nafari karantin markazidagi fuqarolar orasida, 11 nafari Toshkent shahrida aholi orasida, qolgan 4 nafari esa Toshkent viloyatida Rossiyadan chegara post orqali yurtimizga kirib kelgan xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilarida aniqlandi», deyiladi xabarda.

14 iyun kuni jami 114ta yangi zararlanish holati qayd etildi, 69 kishi tuzaldi va shu vaqtgacha tuzalganlar soni 3943 nafarga yetdi.

Hozirda shifoxonalarda 1141 nafar bemor davolanmoqda. Ulardan 12 nafari og‘ir, 2 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top