09:29 / 15.06.2020
10211

Pekinda koronavirus tarqalishi xavfi yuqoriligi ma'lum qilindi

Pekindagi ulgurji oziq-ovqat bozorida koronavirus o‘chog‘i aniqlangandan keyin Xitoy poytaxtida virusning tarqalishi xavfi yuqori deb baholanmoqda. Bu haqda Pekin hukumati matbuot kotibi Syuy Xetszyan ma'lum qildi. 

Foto: AP Photo / Yan Linyun/

13 iyunda “Sinfadi” bozorida losos balig‘ini nimtalash taxtasida koronavirus aniqlangandan keyin bozor vaqtincha yopib qo‘yildi. Bozor joylashgan Fentay tumanida harbiy davr rejimi kiritildi

Syuy Xetszyanning ta'kidlashicha, hukumat yuzaga kelgan vaziyat sababli eng qat'iy choralarni qabul qiladi, bozorda va unga yondosh hududlarda sinchkov epidemiologik tergov o‘tkazadi, infeksiya o‘chog‘ini topib, virus tarqalishi o‘chog‘i va qo‘shni hududlardagi odamlarni koronavirusga tekshiradi.

Ma'lum qilinishicha, Pekinda 14 iyunda 76 mingdan ko‘proq kishi koronavirusga tekshirilgan, ulardan 59 nafarining tahlili musbat chiqqan. 

Pekinda koronavirus tarqalishi sababli Fentay tumani rahbari o‘rinbosari Chjou Yuytsin, uning qo‘l ostidagi bir necha xodimi o‘z lavozimidan mahrum etilgan. Ular mahalliy bozorda virus tarqalishiga olib kelgan mas'uliyatsizlikda ayblanmoqdalar.

Ta'kidlash joiz, 11 iyungacha 56 kun davomida Pekinda koronavirusga chalinish holatlari qayd etilmay kelinayotgandi.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma’lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top