21:29 / 15.06.2020
6009
Bugun 76 bemor tuzaldi, jami tuzalganlar soni 4 mingdan oshdi

Sog‘liqni saqlash vazirligi Toshkent, Samarqand va Andijonda koronavirus bemorlarining navbatdagi guruhlari sog‘aygani va O‘zbekistonda shu vaqtgacha tuzalib chiqqanlar soni 4019 nafarga yetgani haqida ma'lumot berdi.

Samarqand viloyatida koronavirusga chalingan 17 nafar bemor sog‘aydi. Tuzalganlarning eng kattasi 67 yoshda, eng kichigi 2018 yilda tug‘ilgan.

Endilikda viloyatda sog‘ayganlar soni 368 nafarga yetib, shifoxonada davolanayotganlar soni 17 nafarni tashkil etmoqda.

Shuningdek, Toshkentda 15 nafar, Andijonda 2 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sog‘aygan.

Bundan avvalroq Toshkent va Andijonda jami 42 nafar bemor sog‘ayib, O‘zbekistonda jami tuzalganlar soni 3985 nafarga yetgani xabar qilingandi. 

Shu tariqa, O‘zbekistonda bugun jami 76 nafar bemor sog‘ayib, ushbu infeksiyadan forig‘ bo‘lganlar soni 4019 nafarni tashkil etmoqda.

  • Ma'lumot uchun, 15 iyun soat 17:00 holatiga ko‘ra, koronavirusga chalinganlar soni 5154 nafarga yetdi, bemorlarning 19 nafari kasallik asoratlari oqibatida vafot etgan.
Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top