09:28 / 15.06.2020
5579
Sergelida paxta korxonasi omborxonasida yong‘in kelib chiqdi

Yong‘in joyiga 9ta maxsus yong‘in o‘chirish texnikalari jalb qilingan. 

14 iyun soat 18:40da Toshkent shahrining Sergeli tumani Xonobod ko‘chasi 4-uyda joylashgan «Toshkent mintaqaviy paxta terminali» MChJga qarashli omborxonada yong‘in kelib chiqqan.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabariga ko‘ra, 1500 kv. m. maydon yong‘in natijasida zarar ko‘rgan. 

Yong‘in qutqaruv bo‘limlari manzilga soat 18:45da yetib borgan va ko‘rilgan tezkor choralar natijasida yong‘in soat 21:23da to‘liq bartaraf etilgan xamda omborxonaning 2100 kv. m. maydoni saqlab qolingan. 

Yong‘in joyiga 9ta maxsus yong‘in o‘chirish texnikalari jalb qilingan. Yong‘in sabablari va yong‘indan keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Top