22:09 / 16.06.2020
1154
2021 yilgi “Oskar” kinotaqdimoti pandemiya sababli kechroq muddatga ko‘chirildi

AQSh kinoakademiyasi 93-sonli “Oskar” kinotaqdimoti o‘tkazilishini 2021 yil 28 fevraldan 25 aprelga ko‘chirdi.

Foto: Matt Sayles / Invision / AP

Shuningdek, kinoakademiya muzeyining omma uchun 2020 yil dekabrga rejalashtirilgan ochilishi 2021 yil 30 aprelga ko‘chirilgan.

Ushbu o‘zgarishlar koronavirus pandemiyasi va AQShda qabul qilingan karantin choralari sababli qabul qilingan. Cheklovlar sababli ko‘plab kinokompaniyalar o‘z filmlarini avval belgilangan muddatlarda chiqarishga ulgurmayapti. Shu sababli kinoakademiya “Oskar”ga arizalar qabul qilinishi yakunlanishi muddatini ham o‘zgartirgan.

Aprel oxirida kinoakademiya pandemiya vaqtida kinoteatrlar yopiq bo‘lgani sababli onlayn namoyish qilingan filmlarni tanlashga ruxsat berishini e'lon qilgan. Bunday qaror “Oskar”ning butun tarixi davomida birinchi marta qabul qilingan. Kinotaqdimot tashkilotchilarining ta'kidlashicha, ushbu qoida kinoteatrlar yana ochilgach amal qilishi tugaydi. 

Filmlar tanlanishida ishtirok etish uchun film chiqqanidan keyin kinoakademiyaning maxsus saytida 60 kun davomida bo‘lishi va boshqa mezonlarga to‘g‘ri kelishi lozim.

Top