14:33 / 16.06.2020
30121
Afg‘onistondagi zilzila kuchi O‘zbekistonda sezildi. Bu kun davomida ikkinchisi

O‘zbekistonda kun davomida yana bir zilzila kuzatildi.

16 iyun kuni Toshkent vaqti bilan soat 14:21da Afg‘onistonda yuz bergan zilzila O‘zbekiston hududida ham sezildi.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi Respublika seysmoprognostik monitoring markazi xabariga ko‘ra, zilzila o‘chog‘i Afg‘onistonda, Toshkentgacha masofa 524 kilometr janubiy-sharqiy yo‘nalishda joylashgan bo‘lib, magnituda — 5,3, chuqurlik — 214 kilometr.

O‘zbekiston hududida zilzilaning kuchi 2 ballni tashkil qilgan.

Zilzila O‘zbekiston hududida:

  • Toshkent: 524 kilometr, 2 ball;
  • Namangan: 482 kilometr, 2 ball;
  • Andijon: 471 kilometr, 2 ball;
  • Farg‘ona: 416 kilometr, 2 ball;
  • Guliston: 455 kilometr, 2 ball;
  • Jizzax: 458 kilometr, 2 ball;
  • Samarqand: 469 kilometr, 2 ball;
  • Termiz: 319 kilometr, 2 ball;
  • Qarshi: 501 kilometr, 2 ball;
  • Navoiy: 603 kilometr, 2 ball.

«O‘zbekistonning boshqa hududlarida yer silkinishi qayd etilmadi. Talafotlar va jabrlanganlar to‘g‘risida ma'lumot kelib tushmadi», deyiladi xabarda.

Bundan avvalroq bugun Toshkent vaqti bilan soat 6:30da Tojikistonda ro‘y bergan 5,5 balli zilzila kuchi O‘zbekistonning turli hududlarida sezilgani xabar qilingandi. 

Top