19:07 / 16.06.2020
2495

Amsterdamda turistlar sonini cheklash uchun imzo to‘planmoqda

Agarda petitsiya 27 mingta imzo to‘plasa, shahar kengashi bu masala bo‘yicha referendum o‘tkazishiga to‘g‘ri keladi.

Foto Henk Seppen / BSR Agency / Getty Images

Amsterdam shahar kengashini shaharga keladigan turistlar sonini cheklashga chaqiruvchi petitsiya 18 mingdan ortiq imzo yig‘di, deb yozadi DutchNews.nl.

Petitsiyada yaqin besh yil davomida turistlar soniga cheklov o‘rnatish, yangi mehmonxona va dam olish uylari ochilishini taqiqlash taklif etilmoqda. Shuningdek, turistlar uchun soliq miqdorini ko‘tarish ham taklif qilingan.

Agarda petitsiya 27 mingta imzo to‘plasa, shahar kengashi bu masala bo‘yicha referendum o‘tkazishiga to‘g‘ri keladi.

Shu bilan birga, Niderlandiyaga turistlar sekinlik bilan qaytmoqda va hukumat Buyuk Britaniya va Shvetsiyadan tashqari Yevropaning boshqa mamlakatlaridan mehmonlarni kutayotganligini ma'lum qildi. Ammo buning uchun xorijliklar avvaldan mehmonxonani bron qilishi va ijtimoiy masofa saqlash tartibiga rioya qilishlari lozim. YeIga a'zo bo‘lmagan mamlakatlar fuqarolariga hozircha Niderlandiyaga kirishga ruxsat berilmagan.

Top