23:21 / 16.06.2020
5876
Hindiston va Xitoy harbiylari o‘rtasidagi to‘qnashuvda o‘nlab askarlar halok bo‘lgan – OAV

Avvalroq Hindiston armiyasi Galvan vodiysida yuz bergan qurolli to‘qnashuv oqibatida Hindiston tomonidan bir ofitser va ikki askar halok bo‘lgani haqida ma'lum qilgandi.

Foto: Xinhua

Hindiston shimolidagi Ladakx oblastida hind va xitoy harbiylari o‘rtasida sodir bo‘lgan to‘qnashuvda o‘nlab kishilar halok bo‘lgan va jarohatlangan. Bu haqda o‘z manbasiga tayanib ANI agentligi xabar berdi.

Agentlikning ma'lumotiga ko‘ra, to‘qnashuvda Xitoy tomonidan 43 kishi jabrlangan – bunga halok bo‘lganlar va og‘ir jarohatlanganlar ham kiradi. Hindiston tomonidan esa 20 kishi halok bo‘lgan, jarohatlangan soni ma'lum qilinmagan.

Avvalroq Hindiston armiyasi Galvan vodiysida yuz bergan qurolli to‘qnashuv oqibatida Hindiston tomonidan bir ofitser va ikki askar halok bo‘lgani haqida ma'lum qilgandi.

Xitoy tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Chjao Litszyan esa "hind qo‘shinlari noqonuniy harakatlar sodir etish maqsadida chegara chizig‘ini ikki marta kesib o‘tishgani hamda ig‘vogarona harakatlarni amalga oshirib, xitoylik harbiy xizmatchilarga hujum uyushtirgani, bu ikki tomon o‘rtasida jiddiy nizoga sabab bo‘lgan"ini aytgan.

May oyi oxirlarida Hindiston va Xitoy Ladakxdagi chegaraga qator bo‘linmalarini joylashtirgandi. Bunga 5-6 may kunlari Pangong Tso ko‘li hududida hind va xitoy harbiylari o‘rtasidagi to‘qnashuv sabab bo‘lgandi.

Top