16:22 / 16.06.2020
32222
KXDR Janubiy Koreya bilan muloqot olib boriluvchi aloqa bog‘lamasini portlatib yubordi

O‘tgan haftada Koreya mehnat partiyasi markaziy qo‘mitasi bo‘limi mudirining o‘rinbosari, KXDR yetakchisi Kim Chen Inning singlisi Kim Yo Chjon Pxenyan yaqin vaqt ichida Janubiy Koreyaga nisbatan "navbatdagi qadam"ni qabul qilishini aytgandi.

Foto: Yonhap via AP

Shimoliy Koreya harbiylari Janubiy Koreya bilan muzokaralar o‘tkazishda foydalanib kelingan aloqa bog‘lamasini portlatib yuborishdi. Yonhap agentligining xabar berishicha, bu haqda KXDR davlat radiosi ma'lum qilgan.

Avvalroq aloqa bog‘lamasi binosi yo‘q qilingani haqida Bloomberg agentligi xabar bergandi. Janubiy Koreya birlashish vaziri Kim Yon Chulning so‘zlariga ko‘ra, Keson shahridagi ushbu inshootning portlatilishi kutilgan voqea bo‘lgan.  

Aloqa bog‘lamasi 2018 yilda qurilgan, ammo keyingi haftalarda deyarli ishlamayotgandi.

Foto: Korea Pool/Yonhap via AP

O‘tgan haftada Koreya mehnat partiyasi markaziy qo‘mitasi bo‘limi mudirining o‘rinbosari, KXDR yetakchisi Kim Chen Inning singlisi Kim Yo Chjon Pxenyan yaqin vaqt ichida Janubiy Koreyaga nisbatan "navbatdagi qadam"ni qabul qilishini aytgandi.

Keyinroq Rodong Sinmun gazetasi KXDR hukumati Janubiy Koreyani tashviqot varaqalari tarqatganligi uchun mamlakat qurolli kuchlari  "qasos akti" tayyorlayotgani haqida ogohlantirdi.

KXDR 9 iyundan buyon Janubiy Koreya bilan barcha aloqa kanallarini uzib qo‘ygan. Bunga Janubiy Koreyaning Shimolga tashviqot varaqalari jo‘natganligi sabab bo‘lganligi aytildi.

Top