13:15 / 16.06.2020
10333

O‘zbekiston BAAga o‘rik eksportini qariyb 6 barobarga oshirdi

Davlat statistika qo‘mitasining 2020 yil 1 iyun kungi holat bo‘yicha ma'lumotiga ko‘ra, eksport qilingan jami 11,2 ming tonna, 10,9 million AQSh dollariga teng bo‘lgan o‘rik mevasi 9ta xorijiy mamlakat bozoridan joy olgan.

Qayd etilishicha, mazkur mamlakatlar orasida Qozog‘iston 6 ming tonna, Rossiya 3,6 ming tonna, Qirg‘iziston Respublikasi 1,2 ming tonna bilan yuqori ulushga ega bo‘ldi. Shuningdek, joriy yilda o‘rik mevasi Ozarboyjon, Gruziya va Turkmaniston davlatlari bozorlarida ham sotila boshlangan.

O‘tgan yilning shu davriga nisbatan o‘rik mevasining eksporti 1,3 ming tonnaga oshgan.

2020 yil 1 iyun holatiga ko‘ra, eksport qilingan o‘rik mahsulotining davlatlar kesimi bo‘yicha ma'lumot

Top