21:50 / 16.06.2020
11531

O‘zbekistonda koronavirusdan tuzalganlar soni 4100ga yaqinlashdi

Sog‘liqni saqlash vazirligi Toshkent shahridagi tibbiyot muassasalarida 77 nafar bemor tuzalib, O‘zbekistonda shu vaqtgacha koronavirusdan sog‘ayganlar soni 4096 nafarga yetgani haqida xabar berdi.

Bugun Toshkentdagi uchta tibbiyot muassasasida jami 77 nafar bemor sog‘ayib, o‘z uylariga kuzatildi.

Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 21 nafar bemor tuzaldi, ularning 16 nafari erkak, 5 nafari ayol bo‘lib, yoshi kattasi 61 yoshda, kichigi esa  9 yoshda. Hududlar kesimida olinsa, Toshkent shahridan 6 nafar, Toshkent viloyatidan 4 nafar, Namangan viloyatidan 3 nafar, Qashqadaryo, Farg‘ona va Samarqand viloyatidan 2 nafardan, Sirdaryo va Surxondaryo viloyatidan 1 nafardan.

Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 11 kishi tuzalgan, ularning 9 nafari erkak, 2 nafari ayol bo‘lib, yoshi kattasi 63 yoshda, kichigi esa 10 yoshda. Hududlar kesimida olinsa, Toshkent shahridan 3 nafar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Farg‘ona va Toshkent viloyatidan 2 nafardan, Qashqadaryo va Samarqand viloyatidan 1 nafarni tashkil qiladi.

3-sonli tug‘ruq majmuasida 3 bemor shifo topgan, ularning biri 24 yoshli surxondaryolik homilador Sankt-Peterburgdan, 21 yoshli asli qashqadaryolik bo‘lgan ikkinchi fuqaro esa Moskvadan kelib, karantin muassasasida  kasalligi aniqlangan edi.  Uchinchi fuqaro esa 41 yoshli poytaxtlik homilador koronavirusga chalinganlar bilan muloqot orqali ushbu infeksiyani yuqtirib olgan. Shifokorlarning 17 kunlik tinimsiz muolajalari sabab u ham bugun darddan forig‘ bo‘lib, o‘z uyiga kuzatildi.

Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasida bir yo‘la 42 nafar bemor sog‘aydi.

Shunday qilib, endilikda Toshkent shahri, Toshkent viloyati va Sirdaryo viloyatida shu vaqtgacha 3054 holatda kasallik qayd etilishi barobarida 2031 nafar bemor sog‘aydi.

Mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan jami sog‘ayganlar soni 4096 nafarga yetdi.

Ayni vaqtda shifoxonalarda 1213 bemor davolanmoqda, ulardan 14 nafari og‘ir, 2 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top