22:10 / 17.06.2020
12436
1 apreldan buyon Toshkent shahri va viloyatida sotilgan uylarning 70 foizini boshqa hududda yashovchi fuqarolar xarid qilgani aytildi
Foto: Dreamstime

Adliya vazirligining xabar berishicha, 2020 yil 1 apreldan buyon o‘tgan 70 kunda Toshkent shahridan 12 799 ta, Toshkent viloyatidan esa 2 052 ta uy-joy oldi-sotdi bitimlarini notarial idoralarda rasmiylashtirilgan. Ularning deyarli 70 foizi propiskasi boshqa hududlarda bo‘lgan fuqarolar ishtirokidagi bitimlarga to‘g‘ri kelmoqda.

“Propiska tizimini isloh qilish bo‘yicha Prezident Farmoniga ko‘ra 2020 yil 1 apreldan Toshkent shahri va Toshkent viloyatida propiskasi bo‘lmagan fuqarolar ham ko‘chmas mulk sotib olish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Bu imkoniyatdan o‘tgan 70 kunda foydalangan fuqarorlar Toshkent shahridan 12 799 ta, Toshkent viloyatidan esa 2 052 ta uy-joy oldi-sotdi bitimlarini notarial idoralarda rasmiylashtirishdi.

Qayd etish kerakki, notarial idoralar tomonidan ushbu davrda bu hududlarda jami rasmiylashtirilgan uy-joy oldi-sotdi bitimlarining deyarli 70 foizini aynan, propiskasi boshqa hududlarda bo‘lgan fuqarolar ishtirokidagi bitimlarga to‘g‘ri keladi.

20 yildan ortiq amalda bo‘lgan, Toshkentdan uy sotib olishdagi to‘siqlarning olib tashlanishi fuqarolarning uy-joyga ega bo‘lishida yuzaga kelgan turli muammolarini ham barham topishiga xizmat qildi”, deydi vazirlik axborot xizmati rahbari Sevara O‘rinboyeva.

Qayd etilishicha, prezident farmoni qabul qilingach, Toshkentdan uy sotib olgan, biroq propiskasi bo‘lmagani uchun propiskasi bor tanishlari nomiga rasmiylashtirgan, keyin “o‘z uyida ijarachi” bo‘lib yashashga majbur bo‘lgan fuqarolar birinchilar qatorida uylarini o‘z nomiga rasmiylashtirishgan.

Top