01:31 / 17.06.2020
2950
Bundesliga. «Bavariya» – qatorasiga 8-bor Germaniya chempioni, «Borussiya» M 4-o‘ringa qaytdi va boshqa natijalar
Foto: Twitter/FCBayern

Germaniya chempionatining 32-turida «Bavariya» safarda «Verder»mehmoni bo‘lib, Robert Levandovskining goli evaziga g‘alaba qozondi va muddatidan avval chempionlikni qo‘lga kiritdi.

Liga yakunlanishiga ikki tur qolganida eng yaqin ta'qibchisi «Borussiya» Dortmunddan 10 ochkoga o‘zib ketgan myunxenliklar o‘z tarixlarida 30-marta, qatorasiga esa 8-bor Bundesligada tengsiz jamoaga aylanishdi.

«Borussiya» M o‘z maydonida «Volfsburg»ni qabul qilib, yirik hisobda g‘alaba qozondi. Hofmann (2ta) va Shtindl tomonidan kiritilgan to‘plar mezbonlarni 4-o‘ringa qaytardi.

Shuningdek, tur doirasida «Union» Berlin va «Frayburg» jamoalari ham o‘z hisoblariga 3 ochkodan yozdirib qo‘yishdi. 

Bundesliga, 32-tur, 16 iyun

Verder – Bavariya 0:1
«Vezershtadion»
Gol: Levandovski (43).
Verder: Pavlenka, Gebre Selassiye, Fridl, Velkovich (Pisarro, 89), Fogt (Langkamp, 46), Bitenkur (Bartels, 62), Eggeshtayn, Rashitsa (Sarjyent, 62), Klassen (Fullkrug, 84), Moysander, Osako.
Bavariya: Noyyer, Boateng, Pavar, Alaba, Kimmix, Gnabri (Ernandes, 82), Devis, Goretska, Koman, Levandovski, Myuller.
Ogohlantirishlar: Devis (20), Eggeshtayn (56), Langkamp (88), Kimmix (89).
Chetlatish: Devis (79).

Borussiya M – Volfsburg 3:0
«Borussiya-Park»
Gollar: Hofmann (10, 30), Shtindl (65).
Borussiya M: Zommer, Elvedi, Vendt, Ginter, Layner, Noyhaus (Dukur, 90), Hofmann, Kramer, Traore (Herrmann, 72), Embolo (Benesh, 81), Shtindl (Bennets, 90).
Volfsburg: Kastels, Pongrachich (Knoxe, 72), Mbabu, Bruks, Gerhardt (Gilavogi, 70), Shlager, Shteffen, Arnold (Brekalo, 60), Klaus (Marmush, 70), Joao Viktor (Ginchek, 70), Vegorst.
Ogohlantirishlar: Pongrachich (29), Vegorst (63), Elvedi (73), Mbabu (82), Gilavogi (85).

Union Berlin – Paderborn 1:0
Gol: Zolinski (27, avtogol).

Frayburg – Herta 2:1
Gollar: Grifo (61), Petersen (71) – Ibishevich (66, penalti).

Top