09:50 / 17.06.2020
4327
Farg‘ona vodiysining tog‘li hududlarida sel xavfi e'lon qilindi

17-18 iyun kunlari yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda.

Farg‘ona vodiysining tog‘li hududlarida sel kelishi xavfi bor. Bu haqda «O‘zgidromet» xabar tarqatdi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 17-18 iyun kunlari lokal yomg‘irlar yog‘ishi kutilmoqda.

Shu munosabat bilan Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlari tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel kelishi xavfi bor.

Top