14:40 / 17.06.2020
4998
Jahondagi aviatashuvlar 65 foizga tiklandi

Flightradar ma'lumotiga ko‘ra, iyun o‘rtalarida sutkasiga 118,9 mingta parvoz amalga oshirilgan bo‘lib, buning 46,4 mingtasi tijorat reyslaridir.

Foto: Alessandra Tarantino / AP

Koronavirus pandemiyasi sababli parvozlar to‘xtatilishi natijasida pasayish yuz bergan jahon aviatashuvlar sohasi tiklana boshladi. Agar cheklovlarga qadar butun dunyo bo‘yicha sutkasiga 181 mingtagacha reys amalga oshirilgan bo‘lsa, hozirda reyslar soni sutkasiga 118 mingtagacha yetdi.

Aprelda sutkasiga 64 mingta reys amalga oshirilgan bo‘lsa, may oyida jahon aviatsiyasi tiklana boshladi va sutkalik ko‘rsatkich 93 mingtaga yetdi. 

Flightradar ma'lumotiga ko‘ra, iyun o‘rtalarida sutkasiga 118,9 mingta parvoz amalga oshirilgan bo‘lib, buning 46,4 mingtasi tijorat reyslaridir. Aprelda sutkasiga 23 mingta reys amalga oshirilgan. Inqirozdan oldin esa bu ko‘rsatkich 102 mingtani tashkil etgan.

Iyun oyida qator mamlakatlar xalqaro aviaqatnovlarni tiklay boshladi. Ukraina va Misr 15 iyundan parvozlar uchun chegaralarini ochdi. Yevrokomissiya Yevroittifoq mamlakatlariga 15 iyundan ichki, 1 iyuldan tashqi aviaqatnovlarni tiklashni tavsiya qildi.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top