12:28 / 17.06.2020
5892

O‘zbekiston va Shveytsariya o‘rtasida «O‘zbekistonda suv resurslarini boshqarish milliy Loyihasi» haqidagi bitim imzolandi

2020 yil 16 iyun kuni Toshkentda O‘zbekiston Respublikasi hukumati tarafidan O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi (SXV) va Shveytsariya Konfederatsiyasi hukumati tarafidan Shveytsariya taraqqiyot va hamkorlik agentligi (ShTHA) «O‘zbekistonda suv resurslarini boshqarish milliy Loyihasi (SRBML), Faza-2» haqidagi bitimni imzolashdi. Bitim Shveytsariya Konfederatsiyasining O‘zbekistondagi elchisi Olive Shav janobi oliylari va O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vaziri Shavkat Hamrayev tomonidan imzolandi.

«O‘zbekistonda suv resurslarini boshqarish milliy Loyihasi» ShTHA ning «Markaziy Osiyoda suv resurslarini boshqarish hududiy dasturi» doirasidagi faoliyatining mantiqiy davomi sifatida rejalashtirilgan edi. Loyiha qishloq aholisi yashash sharoitlarining O‘zbekistondagi suv resurslarini integrallashgan holda boshqarish orqali yaxshilanishiga o‘z hissasini qo‘shadi», – deydi Sohibjon Akromov, Shveytsariyaning O‘zbekistondagi elchixonasi suv dasturlari menejyeri.

Loyiha SXV ga mamlakat suv xo‘jaligi sohasi uchun «Suv resurslarini integrallashgan holda boshqarish» (SRIB) tamoyillariga asoslangan umumiy strategik va me'yoriy-huquqiy bazani yaratishda ko‘maklashishda davom etadi. Shu doirada, suv xo‘jaligi sohasining barqarorligiga erishish uchun “2020-2030 yillarda suv xo‘jaligi sohasini rivojlantirish” konsepsiyasini SRIB tamoyillariga asoslanib yakunlash va xuddi shu maqsadda “Suv resurslarini boshqarish va sug‘orish sohasini rivojlantirish” strategiyasini ishlab chiqish ko‘zda tutilgan. Shu bilan bir qatorda, Loyiha SXV qoshidagi Axborot-tahlil va resurs markazi (ATRM) ga SRIB tamoyillariga asoslangan bazaning amalga oshirilishini harakatga keltiruvchi kuch sifatida faoliyat yuritish imkoniyatini beradi.

O‘rta muddatli istiqbolda, joylarda fermerlar va suv xo‘jaligi tashkilotlarining suv resurslaridan samarali va barqaror foydalish bo‘yicha salohiyati oshirilib, butun O‘zbekiston bo‘ylab jadal dehqonchilikning ilg‘or usullariga o‘tish imkonini beruvchi innovatsion sug‘orish texnologiyalari tatbiq etiladi. Shunga ko‘ra, Loyiha qishloq va suv xo‘jaligiga ixtisoslashgan kasb-hunar kollejlarida hamda fermerlar o‘rtasida suv-tejamkor texnologiyalar haqidagi bilimlar bazasini kuchaytirishni ham o‘z oldiga maqsad qilib oladi. Shuningdek, Loyiha o‘z diqqat-eʼtiborini bilimlarni ommalashtirish bo‘yicha IKT ga asoslangan zamonaviy vositalarga yo‘naltiradi, bunda ayollarning suv xo‘jaligi sohasidagi imkoniyatlarini kengaytirishga ko‘maklashishga alohida e'tibor beriladi.

Loyiha 2-Fazasining umumiy budjeti 4,6 million Shveytsariya frankini tashkil etib, Faza 2020-2024 yillar davomida amalga oshiriladi.

Aloqada qoling

facebook.com/SwissEmbassyTashkent

eda.admin.ch/countries/uzbekistan/en/home/representations/embassy-in-tashkent

Top