08:36 / 17.06.2020
4199
Pekin aeroportlari koronavirus sababli 1,2 mingdan ko‘proq reysni bekor qildi 

Pekinning ikkita xalqaro aeroporti – “Shoudu” va “Dasin” shaharda koronavirusning yangitdan avj olishi sababli favqulodda vaziyatga javob berish darajasi oshirilgandan keyin 1255 ta aviareysni bekor qildi.

17 iyun ertalabiga ko‘ra, 615 ta kelish reysi (umumiy kelish reyslarining 67 foizi) va 640 ta jo‘nash reysi (68 foiz) bekor qilingan. Bir kun avval esa 900 ta reys bekor qilingan. 

Ayni vaqtda Xitoy poytaxti shifoxonalarida koronavirusga chalingan 137 kishi davolanmoqda, yana 12 nafar alomatsiz tashuvchi qayd qilingan. 

Pekinda koronavirus tarqalishining yangi o‘chog‘i “Sinfadi” ulgurji bozorida qayd qilingan. Shundan keyin bozor 13 iyunda yopib qo‘yilgan. Bungacha Pekinda 2 oy davomida birorta koronavirusga chalinish holati qayd etilmay kelinayotgandi. Shu munosabat bilan Pekinda bir qator cheklovlar kiritilgan. Jumladan, aholiga shaharni tark etmaslik tavsiya qilingan, o‘ta zarur holatlarda fuqarolar koronavirusga manfiy test topshirganlari haqida sertifikatni taqdim qilishlari lozim bo‘ladi. 

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top