01:15 / 17.06.2020
18840
Putinning qarorgohi koronavirusdan qanday himoyalanayotgani ma'lum qilindi 

Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Novo-Ogarevodagi qarorgohida koronavirusdan himoyalanish uchun maxsus dezinfeksiyalovchi tunnel o‘rnatilgani ma'lum qilindi. 

Foto: mizotty / Youtube

Tunneldan o‘tuvchi har bir kishining kiyimi va tanasining ochiq joylari purkalib turgan dezinfeksiyalovchi aralashma bilan qoplanadi.

Ta'kidlanishicha, ushbu qurilma Penzada joylashgan kompaniya tomonidan ishlab chiqarilgan.

Aprelda Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov prezident bilan uchrashuvchi barcha shaxslar koronavirusga testdan o‘tayotganlarini ma'lum qilgan. O‘shanda uning ta'kidlashicha, Putin yuzma-yuz muloqotni to‘liq istisno qilmay, biroq uni minimal ko‘rinishga keltirgan. Peskov ma'lum qilganidek, uchrashuvlar ijtimoiy masofaga rioya qilingan holda o‘tgan. 

Top