10:02 / 18.06.2020
982
«KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi» AJ: sug‘urta da'volarini tezkor va sifatli ko‘rib chiqish kompaniyaning ustuvor vazifasi

«KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi» AJ mamlakatimiz sug‘urta bozorida o‘z mijozlari oldida ishonchli hamkor sifatida tanilgan bo‘lib, respublikamiz aholi, korxona va tashkilotlariga sug‘urta xizmatlarini taqdim etishda yetakchilardan hisoblanadi.

Sug‘urta shartnomalari bo‘yicha o‘z mijozlari oldida qabul qilingan majburiyatlarni vaqtida bajarish «KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi» AJning ustuvor masalalaridan biri bo‘lib, joriy yilning shu kuniga qadar 3905 ta da'vo arizalari ko‘rib chiqildi va jami 17,9 mlrd so‘m sug‘urta qoplamalari amalga oshirildi.

Aytish joizki, 2020 yil iyun oyining boshidan shu kunga qadar jami 268 ta ariza bo‘yicha 2,8 mlrd so‘m sug‘urta to‘lovlari amalga oshirilgan bo‘lib, bu o‘rta hisobda kuniga 35-36 ta sug‘urta to‘lovlari amalga oshirilganidan dalolat bermoqda. Sug‘urta da'volarini ko‘rib chiqish muddatlari 2 kundan 15 kungachani tashkil etmoqda. 

Jumladan, kompaniya tomonidan:

  • mamlakatimizning Buxoro va Navoiy viloyatlarida tabiiy ofat natijasida aholining 55 ta issiqxonalariga yetkazilgan zarar bo‘yicha 341,5 mln so‘m;
  • chet elga chiquvchilarni sug‘urtalash turi bo‘yicha safarga chiqqan hamyurtimizga safar chog‘ida sog‘lig‘iga yetkazilgan zarar bo‘yicha u bilan tuzilgan shartnoma shartlariga asosan 45 000 AQSh dollari;
  • ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish turi bo‘yicha mamlakatimiz sanoat korxonalarining birida ish vaqtida fuqaro bilan yuz bergan baxsiz hodisa tufayli 716,0 mln so‘m miqdorida sug‘urta qoplamalari amalga oshirildi.

«KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi» AJ faoliyatining muhim jihati, shubhasiz mijozlarning ishonchini qozonish, tezkor va sifatli xizmat ko‘rsatish va birinchi navbatda sug‘urta hodisasi sodir bo‘lganda qisqa muddatlarda sug‘urta qoplamasini amalga oshirish hisoblanadi.

«KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi» AJ Axborot xizmati

Top