09:49 / 18.06.2020
36137
O‘zbekistonda avtomobil ishlab chiqarish hajmi oshdi 

2019 yilning shu davrida 98 780 dona yengil avtomobil ishlab chiqarilgan bo‘lsa, 2020 yilda - 117 925 dona.

Foto: Askar Yakubov

Davlat statistika qo‘mitasi 2020 yil yanvar-may oylarida yirik sanoat korxonalari tomonidan ayrim turdagi sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmi haqida ma'lumot berdi.

Xususan, yengil avtomobillar ishlab chiqarish hajmi oshgan. 2019 yilning shu davrida 98 780 dona yengil avtomobil ishlab chiqarilgan bo‘lsa, 2020 yilda - 117 925 dona.

Avtomobil ishlab chiqarish sanoatida 2020 yil yanvar-may oylarida 29 408 dona Nexia T-250, 30 125 dona Cobalt, 21 310 dona Lacetti-Gentra, 22 150 dona Damas, 12 162 dona Spark hamda 2 770 dona Labo avtomobili ishlab chiqarildi.

Yuk avtomobillarini ishlab chiqarish kamaydi. 2019 yilda - 2 044 dona, 2020 yilda - 1 443.

Avtomobil dvigatellarini ishlab chiqarish ko‘paydi. 2019 yilda 78,3 ming dona dvigatel chiqarilgan bo‘lsa, 2020 yilda - 94,2.

2020 yil yanvar-may oylarida traktor ishlab chiqarish hajmi 623 donani tashkil etdi (2019 yilda - 338).

Top