17:03 / 18.06.2020
29583

O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish holatlari soni 5700dan oshdi

Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda yana 33 kishida koronavirus aniqlangani va jami holatlar soni 5,7 mingdan oshgani haqida xabar berdi.

«2020 yil 18 iyun soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 5730 nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 23 nafari karantin markazidagi ( Rossiya, BAA va Qozog‘istondan kelgan) fuqarolar orasida, 6 nafari Qashqadaryo viloyatida (shundan 5 nafari poytaxtimizdagi «O‘rikzor» savdo majmuasida yuk tashuvchi bo‘lib faoliyat ko‘rsatib, kasalligi tasdiqlangan fuqaro bilan muloqotda bo‘lgan, 1 nafari aholi orasida), 2 nafari Toshkent viloyati, 1 nafari Sirdaryo viloyati hududiga kirib kelgan xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisida hamda 1 nafari poytaxtimizda aholi orasida  qayd etilgan», deyiladi xabarda.

Bugun hozircha 45ta yangi holat qayd etildi va 35 bemor tuzaldi. Shu vaqtgacha O‘zbekistonda jami 4166 kishiga javob berilgan.

Ayni vaqtda shifoxonalarda 1545 bemor davolanmoqda. Ulardan 12 nafari og‘ir ahvolda qolmoqda.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top