18:12 / 18.06.2020
1270
«O‘zmilliybank» AJdan aksiya: Visa kartalari o‘rtasida komissiyasiz o‘tkazmalar!
Foto: O‘zmilliybank

«O‘zmilliybank» AJ Visa International xalqaro to‘lov tizimining shartlari va qoidalariga muvofiq realizatsiya qilingan Visa to‘lov kartalarining egalari uchun 2019 yilning dekabrida O‘zbekistonda ilk bor Visa Direct innovatsion xizmatini ishga tushirdi. Mazkur xizmat Milliy mobil ilovasida kartadan kartaga pul mablag‘larini o‘tkazish imkonini beradi.

Bankimizning mijozlari – Visa kartalarining egalari, endi hech qanday qog‘ozlarsiz, navbatlarsiz va boshqa qiyinchiliklarsiz 24/7 rejimida O‘zbekiston bo‘yicha qarindosh va yaqinlariga va MDH davlatlariga pul o‘tkazishlari mumkin. O‘tkazmani amalga oshirish uchun mijozga Visa kartasi raqamini, oluvchining ismi va familiyasini bilishning o‘zi kifoya.

Yangi xizmat bilan o‘tkazmani yuboruvchi endi ataylab bankka borishi va oluvchining aniq rekvizitlarini bilishi shart emas, oluvchi ham, o‘z navbatida, bankka borishi shart emas – mablag‘lar uning kartadagi hisob raqamiga tushadi.

«O‘zmilliybank» AJ Visa International XTT bilan birgalikda Aksiya o‘tkazmoqda, unga ko‘ra Visa Direct xizmati orqali barcha o‘tkazmalar komissiyasiz amalga oshiriladi.  

Shu qatorda, Aksiyadan tashqari «O‘zmilliybank» AJning Visa kartasidan O‘zbekistondagi va MDHdagi har qanday banklarning Visa kartalariga o‘tkazmalar amalga oshirilganda 0,5% miqdorda komissiya undiriladi. Milliy mobil ilovasida «O‘zmilliybank» AJning Visa kartalari o‘rtasidagi o‘tkazmalari komissiyasiz, bepul amalga oshiriladi.

Shuningdek, kartadan pul mablag‘larini o‘tkazishda bitta operatsiyaning summasi bo‘yicha cheklovlar ham mavjud. O‘rnatilgan limit sutkada 500 AQSh dollarini tashkil qiladi.

Visa Direct – har joyda mavjudligi omilidan, iqtisodiy samaradorligi va Visa global tarmog‘ining tezligidan foydalanib, to‘lovlarni real vaqt rejimida amalga oshirish imkonini beruvchi texnologiya. Bu har xil banklar o‘rtasidagi Visa kartasiga o‘tkazma bo‘lsa ham, pullar darhol tushadi.

«O‘zmilliybank» AJ – O‘zbekistonning yetakchi banklaridan biri, uning strategiyasini asosiy ustuvorligi mijozga yo‘naltirilganlik hisoblanadi, bor kuchini bank xizmati sifatini yaxshilashga, yangi turdagi bank mahsulotlarini joriy qilishga qaratgan. Bankning ish tizimi shunday tuzilganki, bank xizmatlarini ko‘rsatish jarayoni yanada oddiyroq va tezroq bo‘lishi kerak.

Visa Direct yangi xizmati mahalliy va xalqaro naqd pulsiz to‘lovlarni rivojlanishida nafaqat muhim qadam, balki bank strategiyasini amalga oshirishda ko‘rgazmali ko‘rsatkich ham bo‘ldi.

Reklama huquqi asosida

Top