20:04 / 18.06.2020
32365

Putin o‘zining maxfiy xonasini ko‘rsatdi

U bu xonada ommaviy uchrashuvlar o‘tkazmasligini, bu yerda ovqatlanish va dam olish xonalari borligini aytdi.

Foto: RIA Novosti / Aleksey Nikolskiy

Rossiya prezidenti Vladimir Putin "Rossiya 1" telekanali jurnalistlariga ish kabinetidagi maxfiy xonasini ko‘rsatdi.

U intervyu berayotgan vaqtida suratga olish guruhini maxfiy xonasiga taklif qildi.

U bu xonada ommaviy uchrashuvlar o‘tkazmasligini, bu yerda ovqatlanish va dam olish joylari borligini aytdi.

Xona devoriga imperator Pyotr I portreti ilingan, ish stoli yonida Putinga bolalar sovg‘a qilgan suratlar va ijodiy ishlar joylashtirilgan. Ulkan monitor orqali esa videomuloqot o‘tkazishi mumkin.

Top